Source: openalex · Ravshanoy Tursunova, Surayyo Boltayeva · Zenodo (CERN European Organization for Nuclear Research) · 2026-05-25
URL: https://doi.org/10.5281/zenodo.20378190
AI rationale (4/5, tier: emerging): Directly addresses autophagy blockade in T2DM via mTOR/AMPK signalling and fasting-induced autophagy flux; human intervention study.
Dunyo miqyosida 2-tip qandli diabet (T2DM) patogenezida hujayra darajasidagi metabolik disfunksiya asosiy omil bo‘lib qolmoqda. Ushbu maqolada surunkali giperinsulinemiya sharoitida mTOR signal yo‘lining o‘ta faollashuvi natijasida autofagiya jarayonining bloklanishi tahlil qilinadi. Tadqiqot interval ochlik (16:8) rejimi orqali AMPK oqsilini faollashtirish va "metabolik kalit" mexanizmini ishga tushirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqadi. Ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, 16–18 soatlik ochlik beta-hujayralardagi amiloid agregatlarini parchalash orqali insulin rezistentligini biokimyoviy korreksiya qiladi. Olingan natijalar T2DM nazoratida farmakologik yuklamani kamaytirish va kasallik remissiyasiga erishishda sitotsentrik yondashuvning afzalliklarini asoslab beradi
